Bugun 23 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Rossiya Ukrainaga dronlar va raketalar bilan keng ko‘lamli hujum uyushtirdi

Rossiya Ukrainaga dronlar va raketalar bilan keng ko‘lamli hujum uyushtirdi

Ukraina Favqulodda vaziyatlar xizmatining ma’lum qilishicha, Rossiya qo‘shinlari bugun, 22 oktyabr kuni kechasi Kiyev, Zaporijjya, Dnepropetrovsk va Odessa viloyatlariga raketalar va uchuvchisiz uchish apparatlari bilan zarbalar bergan.

Kiyev shahri meri Vitaliy Klichkoning so‘zlariga ko‘ra, hujum oqibatida shaharda 2 kishi halok bo‘lgan, yana kamida besh kishi, shu jumladan ikki yoshli bola jarohat olgan.

Kiyev viloyatining Brovar tumanida zarbalar oqibatida uch kishi halok bo‘lgan.

Zaporijjya harbiy ma’muriyati rahbari Ivan Fedorovning ma’lum qilishicha, viloyatda Rossiya hujumi oqibatida 13 kishi, shu jumladan ikki bola jarohat olgan.

Ukraina Energetika vazirligi energetika infratuzilmasiga berilgan keng ko‘lamli zarbalar sababli mamlakatning aksariyat hududlarida favqulodda elektr ta’minoti uzilishlari joriy etilganini ma’lum qildi.

Kiritildi: 14:14 22.10.2025. O'qildi: 601 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!