Bugun 29 iyul, 2026 yil, chorshanba

КИР

Rossiya Ukrainaga dronlar bilan hujum uyushtirdi

A A A
Rossiya Ukrainaga dronlar bilan hujum uyushtirdi

Ukraina Favqulodda vaziyatlar xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Odessada o‘ndan ortiq dron zarbalari qayd etilgan. Ulardan biri 23 qavatli turar-joy binosiga urilgan, bir nechta kvartira zarar ko‘rgan. Yong‘in boshlangan ko‘p qavatli binodan qutqaruvchilar 600 kishini evakuasiya qilgan.

Shuningdek, to‘liq yonib ketgan to‘rt qavatli bino haqida xabar berilgan. Yong‘inni o‘chirish paytida bino konstruksiyalari qulab tushgan, natijada uch nafar yong‘in o‘chiruvchi jarohatlangan. Uch kishi qutqarilgan, yana olti kishi evakuasiya qilingan.

Odessa prokuraturasi bir nafar halok bo‘lgan va 14 nafar jarohatlangan shaxs haqida xabar berdi, ular orasida uch nafar qutqaruvchi ham bor.

Xarkovda Rossiya zarbalaridan so‘ng to‘rt kishi tibbiy yordamga murojaat qilgan. Hujumlar oqibatida to‘rt joyda yong‘in chiqqan. Ko‘p qavatli uylar, fuqaro korxonasi, sport majmuasi, bolalar bog‘chasi va 50 dan ortiq avtomobil zarar ko‘rgan.

Kiritildi: 12:20 20.06.2025. O'qildi: 1485 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!