Ukraina prezidenti bu haqda Vladimir o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi.
"Rossiya tomonidan taqdim etilgan ro‘yxatlardagi har bir odam bo‘yicha tafsilotlarni o‘rganyapmiz. Ukrainaning asosiy vazifalaridan biri – o‘z odamlarimizni Rossiyadan qaytarishdir", — deya ta’kidladi Zelenskiy.
Harbiy asirlarni “1000 ga 1000” formatida almashish taklifi haqida Ukraina mudofaa vaziri Rustem Umerov 16 may kuni Istanbulda bo‘lib o‘tgan Ukraina va Rossiya delegasiyalari muzokaralaridan so‘ng ma’lum qilgan edi. Turkiyada o‘tgan bu uchrashuv 2022 yildan beri ikki davlat vakillari o‘rtasidagi ilk to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokara bo‘ldi.