Bugun 13 iyun, 2026 yil, shanba

КИР

Rossiya Ukrainadagi urushga davlat byudjetining yarmini sarflay boshladi – nemis iqtisodchisi taxlili

Rossiya Ukrainadagi urushga davlat byudjetining yarmini sarflay boshladi – nemis iqtisodchisi taxlili



Berlindagi Fan va siyosat jamg‘armasi (SWP) eksperti Yanis Klyuge 2026 yilning yanvar-mart oylari yakunlari bo‘yicha shunday baho berdi. Uning ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu davrda Rossiyaning harbiy xarajatlari yangi maksimal darajaga — 5,9 trillion rublga yetgan.

Bu federal byudjet jami xarajatlarining 46 foizini va Rossiyaning taxmin qilinayotgan yillik YAIMning qariyb 2,5 foizini tashkil etadi. Harbiy xarajatlar 2025 yilning birinchi choragidagiga qaraganda 30 foizga ko‘proq bo‘lib chiqdi.

"Agar birinchi chorak ko‘rsatkichlari yilning qolgan qismidagi vaziyat uchun o‘lchov deb qabul qilinsa, 2026 yilda harbiy xarajatlar YAIMning 9-10 foiziga yetishi mumkin", — deya ta’kidladi Klyuge.

Uning hisob-kitoblariga ko‘ra, harbiy xarajatlar hajmi Rossiya federal byudjetining xuddi shu chorakdagi daromadlarining uchdan ikki qismiga teng. Klyuge yanvar-mart oylarida Rossiyada soliq tushumlari 8,3 trillion rublni tashkil etganini aniqladi. 5,9 trillion rubllik harbiy xarajatlar esa ushbu summaning 71 foizdan ko‘prog‘i demakdir.

Klyugening taxmin qilishicha, rekord darajadagi harbiy xarajatlar sarf-xarajatlarning real o‘sishi bilan emas, balki Rossiya Moliya vazirligi 2025 yilda harbiy xarajatlarning bir qismini 2026 yilga ko‘chirgani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Shuningdek, birinchi chorakdagi o‘sish qurol-yarog‘ sotib olish shartnomalari bo‘yicha avans to‘lovlari amalga oshirilgani sababli ham yuz bergan bo‘lishi ehtimoldan holi emas.

Kiritildi: Bugun 18:36. O'qildi: 254 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!