Rossiya dronlarining Ukraina markazidagi Krivoy Rog shahridagi savdo markaziga bergan zarbalari oqibatida kamida 16 kishi halok bo‘ldi, 130 dan ortiq odam esa jarohatlandi. Viloyat gubernatori Aleksandr Ganjaga ko‘ra, 29 kishi og‘ir ahvolda, ularning 5 nafari bolalardir.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy hujumni “mutlaqo shafqatsiz va jirkanch” deb atagan. Uning aytishicha, birinchi dron zarbasidan taxminan yarim soat o‘tib, ikkinchi dron savdo markaziga urilgan va bu qutqaruv xizmatlari xodimlarini ham nishonga olishga qaratilgan ataylab qilingan hujum bo‘lgan.
Shuningdek, Zelenskiy Rossiya hujumini “terrorchilik harakati” deb atab, xalqaro hamjamiyatni Moskvani javobgarlikka tortishga chaqirdi.
"Biz, albatta, bunga javob qaytaramiz", — deya ta’kidladi Ukraina prezidenti.