Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Ryabkov News ru'ga bergan intervyusida ma’lum qildi.
"Rossiya prezident Putin belgilagan maqsadlarga mos keladigan va real vaziyatni hisobga oladigan har qanday oqilona taklif va g‘oyalarni tinglashga tayyor", — dedi u.
Ryabkovning aytishicha, Vashington avvalgi muzokaralarda Moskvaning pozisiyasini “ma’lum darajada tushunishini” namoyon etgan. Endi esa, AQSh Ukraina va Yevropa davlatlarining qarorlariga qanchalik ta’sir o‘tkaza olishi muhim.
Avbalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘t ochishni to‘xtatish uchun Ukraina Donbass hududidan qo‘shinlarini olib chiqishi, NATO'ga a’zo bo‘lishdan voz kechishi, harbiy salohiyatini qisqartirishi kerakligini bildirgandi. Biroq Ukraina bu talablarni qabul qilmagandi.