Bugun 15 yanvar, 2025 yil, chorshanba

КИР

Rossiya: Ukraina TurkStream gaz quvurini nishonga oldi

Rossiya: Ukraina TurkStream gaz quvurini nishonga oldi

Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainani Rossiya gazini Turkiya orqali Yevropaga yetkazib beruvchi TurkStream quvuriga dron hujumi uyushtirishda aybladi.

Moskva Mudofaa vazirligi bayonotida aytilishicha, "11 yanvar kuni Kiyev rejimi Yevropa mamlakatlariga gaz yetkazib berishni to‘xtatish maqsadida to‘qqizta dron bilan hujum qilishga uringan."

Vazirlik ma’lum qilishicha, hujum Rossiyaning Krasnodar o‘lkasidagi kompressor stansiyasiga qaratilgan, ammo inshoot normal ishlashni davom ettirmoqda va qurbonlar yo‘q.

Ushbu da’volarni mustaqil ravishda tekshirib bo‘lmadi.

Gaz quvuri Rossiyaning Krasnodar o‘lkasidagi Anapa shahri yaqinidagi Russkaya (Rossiya) kompressor stansiyasidan boshlanib, Turkiyaning Kiyikoy shahrigacha, so‘ngra Yevropaga yetib boradi. Kompressor stansiyalari gaz bosimi va oqimini barqarorlashtirish uchun qo‘llaniladi.

Kiritildi: 22:12 13.01.2025. O'qildi: 1245 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!