Rossiyaning davlat nazoratidagi TASS axborot agentligi Mudofaa vazirligiga asoslanib, Rossiya kuchlari Donetsk viloyatidagi Pishchane qishlog‘ini nazoratga olganini xabar qildi.
Bosib olingan qishloq Ukrainaning eng muhim ko‘mir koni joylashgan Pokrovsk shahridan taxminan 8 kilometr (5 mil) janubi-g‘arbda joylashgan.
Kon egasi bo‘lgan Metinvest kompaniyasi o‘tgan oyda kondagi ishlar to‘xtatilgani va barcha xodimlar evakuasiya qilingani haqida ma’lum qilgandi.
Rossiya bir necha oydan beri bu muhim ta’minot markazini qo‘lga kiritishga urinmoqda. Agar shahar qulasa, Rossiya qo‘shni Dnipro-Petrovsk viloyatiga o‘tish imkonini beruvchi muhim avtomobil va temir yo‘llardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.