Bugun 11 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Rossiya-Ukraina muzokaralarining ikkinchi raundi Istanbulda bo‘lib o‘tishi mumkin

Rossiya-Ukraina muzokaralarining ikkinchi raundi Istanbulda bo‘lib o‘tishi mumkin

RF tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Rossiya barcha jihatlar bo‘yicha o‘z pozisiyasini ifodalovchi tegishli memorandum ishlab chiqqanini va uni 2 iyun kuni Istanbulda Ukraina tomoniga taqdim etishga tayyorligini ma’lum qildi, deb xabar beradi Rossiya TIV sayti.

Rossiya Prezidentining yordamchisi V.Medinskiy boshchiligidagi Rossiya delegasiyasi kelasi dushanba, 2 iyun kuni Istanbulda davom ettiriladigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarning ikkinchi raundi davomida ushbu memorandumni Ukraina delegasiyasiga taqdim etishga va zarur tushuntirishlarni berishga tayyorligi bildirildi.

“AQSH, Saudiya Arabistoni va Turkiya ko‘magida to‘g‘ridan-to‘g‘ri Rossiya-Ukraina muzokaralarini qayta boshlash uchun sharoit yaratish mumkin bo‘ldi. Birinchi raund shu yilning 16 may kuni Istanbulda bo‘lib o‘tdi”, – deb esladi S.Lavrov.

Shuningdek, u yerda erishilgan kelishuvlarga asosan “1000 odamga 1000” formatida mahbuslar almashinuvi amalga oshirilganini ta’kidladi. O‘shanda Istanbulda Moskva va Kiyev barqaror kelishuvga erishish uchun tomonlarning pozisiyasini aks ettiruvchi hujjatlarni ishlab chiqishiga kelishib olingan edi.

Rossiya prezidenti yordamchisi V.Medinskiy chorshanba kuni Ukraina mudofaa vaziri R.Umerovga memorandum almashish uchun uchrashuv o‘tkazish uchun aniq sana va joy taklif qilganini ma’lum qildi.

Shuningdek, u ehtimoliy o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha paketli kelishuvning har bir bandi bo‘yicha mazmunli muhokamalarni boshlashga tayyorligini qayd etdi. Ular tasdiqlashni kutishmoqda va shaxsan uchrashishga va belgilangan sanada ishlashga tayyor.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova Rossiyaning Kiyev bilan kelishuv memorandumlari loyihalarini almashishda boshqa davlatlar bilan vositachilik kelishuviga ega emasligini aytdi.

O‘z navbatida, Ukraina mudofaa vaziri Rustem Umerov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Rossiya tomoniga Ukraina pozisiyasini aks ettiruvchi mojaroni hal qilish bo‘yicha memorandum loyihasini taqdim etganini ma’lum qildi. U, shuningdek, Ukraina to‘liq va so‘zsiz o‘t ochishni to‘xtatishga va keyingi diplomatik ishlarga tayyorligini tasdiqlaydi, deb yozgan.

Kiritildi: 11:31 29.05.2025. O'qildi: 615 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!