Rossiya Federasiyasi Ichki ishlar vazirligining Moskvadagi Bosh klinik gospitalidan 500 ga yaqin odam evakuasiya qilindi.
Bu haqda favqulodda xizmatlar ma’lum qildi.
Tibbiyot muassasasining server xonasi joylashgan yerto‘lasida qisqa tutashuv sodir bo‘ldi. Bino elektr energiyasiz qoldi, qutqaruvchilar voqea joyida ishlamoqda.
Ta’kidlanishicha, 300 dan ortiq bemor va xodimlarning 170 nafari evakuasiya qilingan.