Ukraina bunday taxminni X ijtimoiy tarmog‘ida joylagan postida bildirdi.
"Ukraina maxsus xizmatlari Xitoy sun’iy yo‘ldoshlarining Ukraina hududini tasvirga olishi bilan Rossiyaning Ukrainadagi energetika ob’ektlariga qilgan hujumlari o‘rtasidagi muvofiqlikni qayd etmoqda. Rossiya bilan Xitoydagi tuzilmalar o‘rtasida aloqalar kuchaygani, ular esa kosmik razvedka ma’lumotlarini taqdim etishi mumkinligi haqida bilamiz", — dedi Zelenskiy Ukraina Tashqi razvedka xizmati rahbari Oleg Ivashchenko bilan uchrashuvdan so‘ng.
Ukraina prezidenti bu masalani ittifoqchilari bilan muhokama qilishni rejalashtirayotganini aytdi va bunday harakatlar qariyb to‘rt yildan beri davom etayotgan urushni tugatish bo‘yicha diplomatik sa’y-harakatlarni izdan chiqarishini ta’kidladi.