Bugun 19 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Rossiya Ukraina bilan muloqotdan mamnun! Medinskiy Istanbul muzokaralari haqida gapirdi

Rossiya Ukraina bilan muloqotdan mamnun! Medinskiy Istanbul muzokaralari haqida gapirdi

Rossiya delegasiyasi rahbari Vladimir Medinskiy Istanbuldagi muzokaralar yakunlari haqida qisqa bayonot berdi.

Medinskiy harbiy asirlarni “1000 ga 1000” formatida almashish rejalari tasdiqlanganini ma’lum qildi.

"Umuman olganda, Rossiya delegasiyasi muzokaralarning natijasidan qoniqdi va muloqotni davom ettirishga tayyor", — dedi Rossiya delegasiyasi rahbari, prezident yordamchisi Vladimir Medinskiy.

U, shuningdek, Rossiya Ukraina delegasiyasining ikki mamlakat prezidentlari uchrashuvini o‘tkazish bo‘yicha so‘rovini inobatga olganini qo‘shimcha qildi.

Medinskiy so‘zlariga ko‘ra, har ikki tomon o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha o‘z qarashlari asosida aniqroq takliflarni tayyorlashi kerak, shundan so‘ng bu takliflar muhokama qilinishi mumkin bo‘ladi.

Kiritildi: 19:38 16.05.2025. O'qildi: 537 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!