Bugun 28 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Rossiya Ukraina bilan chegarada “sanitariya zonasi”ni kengaytirmoqda – armiya kun sayin oldinga surilmoqda

Rossiya Ukraina bilan chegarada “sanitariya zonasi”ni kengaytirmoqda – armiya kun sayin oldinga surilmoqda

Rossiya Qurolli kuchlari Ukraina bilan chegarada “sanitariya zonasi” tashkil etmoqda. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.

"Ukraina Qurolli kuchlari bo‘linmalari Kursk viloyatidan siqib chiqarilgandan so‘ng, harbiylarimiz Rossiya davlat chegarasi bo‘ylab xavfsizlik zonasini yaratish vazifasini bajarishga kirishdi", — deya ma’lum qildi Rossiya armiyasi “Shimol” qo‘shinlar guruhi matbuot markazi rahbari Yaroslav Yakimkin.

"Hozirgi paytda harbiylar kun sayin oldinga harakatlanib, dushmanni davlat chegarasidan uzoqlashtirmoqda — bu “sanitariya zonasi”ni tashkil etish va chegaradagi rossiyalik tinch aholining xavfsizligini ta’minlash uchun amalga oshirilmoqda", — deya ta’kidladi Yakimkin “Rossiya 1” telekanali efirida.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 22 may kuni hukumat yig‘ilishida rossiyalik harbiylar Rossiya–Ukraina chegarasi bo‘ylab “bufer zona” yaratish vazifasini bajarayotganini ma’lum qilgan edi.

Kiritildi: 18:11 25.05.2025. O'qildi: 744 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!