Bugun 15 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Rossiya uchun qancha xitoylik jang qilmoqda?

Rossiya uchun qancha xitoylik jang qilmoqda?

Reuters manbalarga tayanib xabar berishicha, Rossiya tomonida 200 ga yaqin xitoylik yollanma askar jang qilayotgan ekan.

Amerika rasmiylarining aytishicha, bu askarlarning XXR hukumati bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqasi bo‘lmasa kerak. Bundan tashqari, ularning tayyorgarligi juda oz bo‘lib, Rossiyaning harbiy operasiyalariga sezilarli ta’sir ko‘rsatmayotgan ekan.

Shu bilan birga, G‘arb razvedkasining sobiq xodimi ta’kidlashicha, ba’zi xitoylik harbiy zobitlar Pekinning ruxsati bilan front ortida bo‘lib, urushdan taktik saboq olish maqsadida jangovar harakatlarni kuzatgan. Ular oldingi chiziqlarga ham tashrif buyurishgan.

Rossiya TIV rahbari o‘rinbosari Andrey Rudenko esa Rossiya armiyasidagi xitoylik yollanma askarlar haqidagi ma’lumotni "mutlaqo yolg‘on" deb baholadi: "Xitoy Ukrainadagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha juda vazmin, muvozanatli va puxta o‘ylangan pozisiyani egallab turibdi va biz buning uchun do‘stlarimizdan minnatdormiz."

Kiritildi: 21:18 12.04.2025. O'qildi: 1345 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!