Bu haqda Ukraina Qurolli kuchlari ma’lum qildi.
"21 iyulga o‘tar kechasi Rossiya harbiylari Ukrainaga hujumda jami 426 ta Shahed tipidagi zarba beruvchi dronlar va ularning imitasion nusxalarini, 5 ta X-47 M2 “Kinjal” aero-ballistik raketasini, 4 ta “Kalibr” qanotli raketasini, 1 ta “Iskander-K” raketasini hamda 14 ta X-101 qanotli raketasini qo‘lladi", deyiladi Ukraina Qurolli kuchlari bayonotida.
Ukraina harbiylari tomonidan 200 ta Shahed droni va 24 ta raketa urib tushirilgan yoki radioyelektron kurash vositalari yordamida zararsizlantirilgan. Yana 203 ta dron-imitator radar orqali kuzatuvdan yo‘qolgan va nishonga yetib bormagan.
"3 ta joyda 23 ta zarba beruvchi dron nishonga tekkan, 12 ta hududda esa urib tushirilgan dronlarning qulagani aniqlangan", deyiladi Ukraina Havo kuchlari qo‘mondonligi xabarida.