Transport vazirligi Rossiya aviakompaniyalariga parvozlar vaqtida 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarni qo‘shimcha to‘lovsiz hamrohlik qiluvchi kattalar yoniga joylashtirish majburiyatini yukladi.
Tegishli hujjat huquqiy axborotning rasmiy internet portalida e’lon qilindi. Buyruq 20 yanvardan kuchga kiradi.
Bola va kattalar bir qatorda joylashgan va yo‘lak bilan ajratilmagan o‘rindiqlarga o‘tirishlari kerak.
Rossiya Transport vazirligi rahbari Roman Starovoytning ta’kidlashicha, bolalarni ota-onalari bilan samolyot bortida majburiy joylashtirish normasi allaqachon yo‘lovchilar, yuklar va pochtalarni tashishning umumiy qoidalarida hisobga olingan.
Bundan tashqari, Starovoytning qo‘shimcha qilishicha, 10 yanvardan boshlab Rossiya aviakompaniyalari 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun Rossiya bo‘ylab parvozlarga 50% chegirma beradi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 1 yanvardan boshlab 23 aviakompaniya allaqachon bunday chegirmani joriy qilgan, bu Rossiyadagi barcha trafikning 95 foizdan ortig‘ini tashkil etadi.