7 martga o‘tar kechasi Rossiya armiyasi Ukraina bo‘ylab raketa va dronlar bilan yopirilma zarba yo‘lladi. Ukraina qurolli kuchlari havo kuchlariga ko‘ra, Rossiya 480 ta dron, ikkita gipertovushli raketa, 13 ta ballistik raketa va 14 ta qanotli raketa uchiran. Asosiy zarba Kiyev, Xarkov, Jitomir va Xmelniskiy viloyatlariga to‘g‘ri kelgan.
Ukraina armiyasi havo hujumidan mudofaa kuchlari 453 ta dronni zararsizlantirgani, shuningdek, sakkizta ballistik raketa va 11 ta qanotli raketani urib tushirganini ma’lum qilgan.
Rossiya ballistik raketalaridan biri Xarkov shahridagi ko‘p qavatli turar joy binosiga urilgan. Zarba oqibatida uy pod’ezdi vayron bo‘lib, qo‘shni uyning yuqori qavatlari shikastlangan.