Bugun 27 iyul, 2026 yil, dushanba

КИР

Rossiya tomonidan Ukraina bo‘yicha "mazmunli" tinchlik muzokaralari 2027 yilgacha bo‘lmaydi

Rossiya tomonidan Ukraina bo‘yicha "mazmunli" tinchlik muzokaralari 2027 yilgacha bo‘lmaydi

FT nashrining Moskvadagi manbalarga tayanib xabar berishicha, bunga asosiy sabab Vladimir Putinning armiyaga 2026 yil oxirigacha Donesk viloyatining qolgan qismini egallash haqida buyruq berganidir. Kremlning bu rejalari haqida avvalroq Volodimir Zelenskiy ham gapirgan edi.

FT ma’lumotlariga ko‘ra, rossiyaliklar amerikaliklardan muzokaralar doirasida Ukrainadan bunga yon berishlarini talab qilishni so‘ramoqda. Gazeta suhbatdoshlari yoz mavsumi tugagunga qadar AQSh ishtirokidagi uch tomonlama muzokaralar qayta boshlanishini dargumon deb hisoblaydi.

Shu bilan birga, Financial Times Ukraina dronlari zarbalarining "misli ko‘rilmagan darajada shiddatli" ekanini yozadi, bu esa Rossiyada "so‘nggi o‘n yilliklardagi eng og‘ir yonilg‘i inqirozi"ga olib keldi.

Qayd etilishicha, AQSh tomonidan taqdim etilgan razvedka ma’lumotlari Ukraina Qurolli kuchlari havo hujumlari aniqligini oshirishda muhim rol o‘ynamoqda.

Kiritildi: 12:58 06.07.2026. O'qildi: 1301 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!