Bugun 2 aprel, 2025 yil, chorshanba

КИР

Rossiya TIV: "Ukrainaga tinchlikparvar kuchlarning kiritilishi NATO bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashuvga olib keladi"

Rossiya TIV: "Ukrainaga tinchlikparvar kuchlarning kiritilishi NATO bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashuvga olib keladi"

Ukrainaga tinchlikparvar kuchlar niqobi ostida G‘arb qo‘shinlarining kiritilishi Rossiya va NATO o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashuvga olib keladi. Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova brifingda ma’lum qildi.

"Yana bir bor e’tiborni Rossiya va NATO o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashuvga olib keladigan bunday ssenariyga qat’iyan qarshi ekanligiga e’tibor qaratmoqchiman", dedi Rossiya Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili, bir qator Yevropa Ittifoqi davlatlari va "xohlovchilar koalisiyasi" deb nomlangan Buyuk Britaniyaning Ukrainaga tinchlikparvarlik g‘oyalari ostida o‘z qo‘shinlarini yuborish tashabbusini sharhlar ekan.

Mariya Zaxarova, shuningdek, London va Parij Ukrainadagi "tinchlikni saqlash amaliyoti" niqobi ostida mamlakatga harbiy aralashuv rejalarini yashirishayotganini aytdi. "London va Parij Ukrainaga harbiy aralashuv rejalarini ishlab chiqishda davom etmoqda. Bularning barchasi tinchlikparvarlik missiyasi sifatida niqoblangan", - dedi Rossiya TIV rasmiy vakili.

Kiritildi: 17:47 27.03.2025. O'qildi: 835 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!