Bugun 27 iyul, 2026 yil, dushanba

КИР

Rossiya TIV rahbari Armaniston KXSHTdan chetlatilishi mumkinligini aytdi

Rossiya TIV rahbari Armaniston KXSHTdan chetlatilishi mumkinligini aytdi


Sergey Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, Armaniston yana KXSHT tadbirlarida ishtirok etmagan, biroq rasman tashkilot a’zosi bo‘lib qolmoqda.

"KXSHTga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari Armanistonning qarzdorligi munosabati bilan mamlakatni taahkilotdan chiqarib yuborish ehtimolini nazarda tutuvchi moddani ko‘rib chiqishga kelishib oldilar", — deya qo‘shimcha qildi Lavrov.

Ma’lumot uchun, Armaniston KXSHTdagi ishtirokini muzlatib qo‘ygan. U o‘z pozisiyasini KXSHT Tog‘li Qorabog‘dagi mojaro keskinlashgan paytda Armanistonni himoya qilishda “befarqlik” ko‘rsatgani va Yerevan oldidagi o‘z funksiyalarini bajarmagani bilan izohlagan.

O‘tgan yilning yozida Pashinyan Armaniston, katta ehtimol bilan, Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotidan chiqishini ma’lum qilgandi.

Kiritildi: 08:45 11.06.2026. O'qildi: 1134 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!