Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Rossiya tashqi qarzi 100 mlrd dollarga kamaydi

Rossiya tashqi qarzi 100 mlrd dollarga kamaydi

Rossiya bankining yangilangan hisob-kitoblariga ko‘ra, 2023 yil 1 yanvar holatiga Rossiya Federasiyasining tashqi qarzi 380,5 milliard dollarni tashkil etdi. 2022 yilda bu ko‘rsatkich 101,81 milliard dollarga kamaydi.

“Rossiya Federasiyasining tashqi qarzi asosan kreditlarni to‘lash, shu jumladan, to‘g‘ridan to‘g‘ri investisiya munosabatlari doirasida va suveren qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha qarzlarning qisqarishi hisobiga kamaydi”, — deyiladi regulyator bayonotida.

Qisqa muddatli majburiyatlar umumiy qarzda 69,19 milliard dollarni, uzoq muddatli majburiyatlar esa 311,35 milliard dollarni tashkil qiladi.

Rossiya tashqi qarzining qisqarishi ko‘proq xalqaro moliyaviy tashkilotlar ushbu davlatga Ukrainadagi urush sabab qarz berishni to‘xtatgani bilan bog‘liq.

Kiritildi: 21:53 30.03.2023. O'qildi: 3660 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!