Marinera tankeri ekipaji AQShning Venesuela neftiga nisbatan sanksiyalarini buzgani uchun sudga tortiladi.
Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Kerolin Levitt ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, kema Venesuelaning "soya floti"ning bir qismidir.
Jurnalistning Grenlandiyadagi harbiy faoliyat haqida so‘raganida, Levitt Arktika mintaqasini nazorat qilish Xitoy va Rossiya "bu mintaqada o‘z tajovuzlarini davom ettira olmasligini" kafolatlaydi, deb javob berdi.
Avvalroq AQSh Shimoliy Atlantika okeanida Buyuk Britaniya yaqinida joylashgan Marinera neft tankerini nazorat ostiga olgan edi. Bella 1 nomini Marinera deb o‘zgartirgan kema o‘tgan oy Venesuela qirg‘oqlari yaqinida AQSh qirg‘oq qo‘riqlash xizmati tomonidan ta’qib qilingan edi.