Bugun 5 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Rossiya Strategik tashabbuslar agentligi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi

Rossiya Strategik tashabbuslar agentligi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi

3 dekabr kuni O‘zbekiston madaniyati va san’atini rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayana Umerova Rossiyaning Strategik tashabbuslar agentligi (STI) bosh direktori Svetlana Chupsheva va Ijodiy iqtisodiyotni rivojlantirish markazi direktori Yekaterina Cherkes-Zade bilan uchrashdi.

Uchrashuvda ijodiy sohalarni rivojlantirish, jumladan, yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash, ta’lim dasturlarini yaratish borasida tajriba almashish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Tomonlar qo‘shma treninglar va akselerasiya dasturlarini o‘tkazish, shuningdek, ikki mamlakat ijodiy jamoalari va kompaniyalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik platformalarini yaratish istiqbollarini muhokama qildilar. Uchrashuv yakunida O‘zbekiston madaniyati va san’atini rivojlantirish jamg‘armasi va STI o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Ushbu hujjat qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish, ijodiy loyihalar uchun infratuzilmani rivojlantirish, O‘zbekiston va Rossiya ijodkorlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kelishuvlarni mustahkamladi.

Memorandumning imzolanishi madaniyat va ijodiy sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashda muhim qadam bo‘ldi.

Kiritildi: 12:16 04.12.2024. O'qildi: 365 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!