Rossiya Federasiyasining Saratov viloyatining Marks shahrida odamlarga o‘q uzildi, deb xabar bermoqda Rossiya OAVlari.
Hujumchi avtomobilida harakatlanib, jinoyat sodir etilgan joydan qochib ketgan. «Qo‘lga olish» rejasi e’lon qilingan. Guvohlarning aytishicha, ular G‘alaba bog‘i yaqinida o‘q ovozlarini eshitishgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bir kishi halok bo‘lgan, yana biri jarohatlangan. Hujumchi qidirilmoqda.
Baza manbasi voqea yo‘ldagi mojaroning oqibati ekanligini ta’kidlamoqda. Kanal ma’lumotlariga ko‘ra, jabrlangan erkaklar qora rangli yo‘ltanlamas mashinani quvib o‘tishgan, biroq u ularni quvib yetib to‘xtatgan. Haydovchilar mushtlasha boshlagan va bu otishmaga aylanib ketgan.