Bugun 28 aprel, 2025 yil, dushanba

КИР

Rossiya shaharlaridan biri G‘alaba paradidan voz kechdi

Rossiya shaharlaridan biri G‘alaba paradidan voz kechdi

Krasnodarda 9 may kuni G‘alaba paradi o‘tkazilmaydi. Bu haqda Krasnodar o‘lkasi gubernatori Veniamin Kondratev ma’lum qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.

«Chunki bu katta xavf — havo trevogasi deyarli har kecha e’lon qilinadi. Albatta, biz Krasnodar aholisini, paradga keladiganlarni, parad ishtirokchilarini xavf ostiga qo‘ya olmaymiz», — dedi o‘lka rahbari.

Krasnodar Ukraina hududiga, jumladan, front chizig‘iga yaqin shahar sanaladi.

Kondratev, shuningdek, joriy yilda «O‘lmas polk» aksiyasi onlayn tarzda o‘tkazilishini aytdi. Viloyatda faxriylarni uylari yonida konsert dasturlari bilan tabriklash rejalashtirilgan.

Avvalroq ukrainalik deputat 9 may kuni Moskvadagi Qizil maydonga zarba berilishi mumkinligi haqida gapirgandi.

Kiritildi: 08:32 25.04.2025. O'qildi: 1127 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!