Samarqand sentyabr oyida dunyo shaxmatining asosiy markaziga aylanadi. 15–27-sentyabr kunlari qadimiy shahar 46-Butunjahon shaxmat Olimpiadasiga mezbonlik qiladi. Musobaqada dunyoning turli mamlakatlaridan 2 ming nafardan ortiq shaxmatchi ishtirok etishi kutilmoqda.
Olimpiada arafasida ishtirokchilar tarkibi bo‘yicha muhim yangilik ham ma’lum bo‘ldi. Xalqaro shaxmat federasiyasi (FIDE) Rossiyaning erkaklar va ayollar terma jamoalari Samarqanddagi musobaqada qatnashmasligini e’lon qildi. Shu tariqa, rossiyalik shaxmatchilar ketma-ket uchinchi Olimpiadani ham o‘tkazib yuboradi.
Turnirda jahon reytingining kuchli o‘ntaligidan joy olgan ayrim mashhur grossmeysterlar ham ko‘rinish bermaydi. Xususan, Magnus Karlsen va Hikaru Nakamura Samarqandga kelmaydi.
Shunga qaramay, Olimpiada tarkibi yulduzli bo‘lishi kutilmoqda. Fabiano Karuana, UYEsli So, Hans Niyemann hamda amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommaradju kabi taniqli grossmeysterlar O‘zbekistonda dona suradi.