Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko tinchlikni ta’minlash bo‘yicha muzokaralar doirasida yadroviy qurol tashishga qodir Rossiya raketalarini mamlakat hududidan olib chiqish imkoniyatini istisno etmadi.
Fransiyaning Le Point jurnaliga bergan intervyusida Lukashenkodan Rossiya o‘z raketalarini Belarus hududidan olib chiqishi, G‘arb esa raketalari va yadroviy qurollarini Rossiya chegaralariga yaqinlashtirmaslik majburiyatini olishi mumkinligi haqida so‘raldi.
"Muzokaralar jarayonida hamma narsa mumkin. Men bunday variantlarni istisno etmayman. Asosiysi — tinchlik bo‘lishi. Qanday qurolni kim va qayerga olib chiqishi esa tinchlikka erishishning asosiy omili bo‘lishi mumkin. Shuning uchun har qanday yechim tarafdoriman", — dedi Lukashenko.
Belarus prezidenti qabul qilinadigan qarorlar Ukrainadagi mojaroni hal etishga va Yevropada barqarorlikni ta’minlashga xizmat qilishi zarurligini ta’kidladi.
"Eng muhimi, bu Ukrainadagi vaziyatni tartibga solishga, odamlar halok bo‘lishining oldini olishga va Yevropada barqarorlikni ta’minlashga xizmat qilsin. Chunki biz Yevropaning geografik markazida joylashganmiz va tinchlik bo‘lishidan juda manfaatdormiz", — dedi Lukashenko.