Rossiya Tashqi razvedka xizmati bayonotida aytilishicha, Ukraina Qurolli Kuchlari qo‘mondonligi "Rossiyaning orqa fon hududlariga" yangi zarbalar seriyasini berishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Razvedkaning da’vo qilishicha, Latviya go‘yoki Ukrainaga o‘z hududidan dronlarni uchirishga rozilik bergan.
Bayonotda ta’kidlanishicha, Latviyaga UQKning harbiy xizmatchilari yuborilgan va ular mamlakat harbiy bazalariga joylashtirilgan. Rossiya razvedkasi Latviyaga "adolatli qasos" bilan tahdid qilib, mamlakatning NATO'ga a’zoligi uni himoya qila olmasligini ma’lum qildi.