Bugun 10 sentyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Rossiya qo‘shinlari Kiyev — Sumi yo‘lovchi poyezdiga ikki «Shahed» bilan hujum qildi

Rossiya qo‘shinlari Kiyev — Sumi yo‘lovchi poyezdiga ikki «Shahed» bilan hujum qildi

Rossiya qo‘shinlari 8 sentyabr kuni Sumi shahri yaqinida Kiyev — Sumi yo‘nalishida harakatlanayotgan yo‘lovchi poyezdiga ikkita «Shahed» zarbador droni bilan hujum qildi.

«Ukrzaliznisya» boshqaruv raisi Aleksandr Persovskiyning ma’lum qilishicha, xavfni monitoring qiluvchi guruh havo hujumi xavfini oldindan aniqlab, poyezdni stansiyada to‘xtatgan. Shundan so‘ng yo‘lovchilar, poyezd va lokomotiv brigadalari evakuasiya qilingan.

Hujum paytida poyezdda odamlar bo‘lmagani sababli jabrlanganlar qayd etilmagan.

Evakuasiya qilingan yo‘lovchilarni manzillariga yetkazish uchun Sumi viloyati ma’muriyati avtobuslar ajratgan.

Kiritildi: 19:51 08.09.2026. O'qildi: 551 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!