"Moskva 1 maydan boshlab Qozog‘iston neftining “Drujba” quvuri orqali Germaniyaga eksport qilinishini to‘xtatishga tayyorlanmoqda. Neft eksportining tuzatilgan jadvali Qozog‘iston va Germaniyaga yuborilgan", deya xabar bermoqda agentlik manbalariga tayanib.
Qozog‘istondan neft yetkazib berishning to‘xtatilishi Germaniyaning yonilg‘i ta’minotidagi noaniqlikni yanada oshiradi. Chunki ayni paytda Eron urushi Yaqin Sharqdan energiya yetkazib berish jarayoniga xalaqit bermoqda. Bundan bir necha yil avval Ukrainadagi urush sababli Berlin va Moskva o‘rtasidagi uzoq yillik energetika aloqalari ham buzilgan edi.
Rossiya Energetika vazirligi ushbu holat yuzasidan izoh so‘roviga darhol javob bermadi. Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov esa eksport to‘xtatilishidan xabari yo‘qligini aytdi. Qozog‘iston Energetika vazirligi va Germaniya hukumati ham hozircha bu bo‘yicha rasmiy munosabat bildirmadi.
Ma’lumot uchun Qozog‘istondan Rossiya orqali Germaniyaga 2025 yilda 2,146 million tonna (kuniga taxminan 43 ming barrel) neft yetkazib berilgan. Bu 2024 yilga nisbatan 44 foizga ko‘p. 2026yilning birinchi choragida esa 730 ming tonna neft tranzit qilingan.