Bu haqda Rossiya Federal Kengashi senatori Dmitriy Rogozin “Moskovskiy komsomoles” gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
"Rossiya Qora dengiz floti o‘z joylashuvini o‘zgartirishga majbur bo‘ldi, chunki bizning yirik kemalarimiz dushmanning bishqaruvchisiz katerlari uchun yirik nishonga aylandi", — deya ta’kidladi Rogozin.
2023 yil oktyabr oyida The Wall Street Journal Rossiya Qora dengiz flotining katta qismini anneksiya qilingan Sevastopoldagi portdan olib chiqib ketgani haqida yozgan edi. O‘sha paytda OSINT tahlilchilari tomonidan e’lon qilingan sun’iy yo‘ldosh suratlari Rossiya Qora dengiz floti kemalarining asosiy qismi Krasnodar o‘lkasidagi Novorossiysk portiga ko‘chirilganligini tasdiqlagan.