Bugun 27 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Rossiya prezidenti matbuot kotibi bir qator bayonotlar bilan chiqdi

Rossiya prezidenti matbuot kotibi bir qator bayonotlar bilan chiqdi

Murosaga erishish AQSh bilan emas, Ukraina bilan bo‘lishi kerak — Rossiya prezidenti matbuot kotibi.

Dmitriy Peskov, shuningdek, Rossiya “maxsus harbiy operasiya”ning boshida belgilangan maqsadlariga erishishi zarurligini ta’kidladi.

Peskovning boshqa bayonotlari:

◾️ Rossiya Ukraina bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarga tayyorligini tasdiqlaydi, biroq hozircha Kiyevdan javob olgani yo‘q;

◾️ Rossiya Qo‘shma Shtatlarning Ukrainadagi tinchlikni ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatayotgan sa’y-harakatlarini qadrlaydi;

◾️ Ukraina inqirozi juda murakkab bo‘lib, uni tezda hal qilib bo‘lmaydi;

◾️ Rossiya uchun “maxsus operasiya” maqsadlariga tinch yo‘l bilan erishish maqbul variant hisoblanadi. Prezident Putin tinch yo‘l bilan murosaga erishish masalasiga ochiq;

◾️ Zarurat tug‘ilganda Putin va Tramp o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatiladi, Rossiya va AQSh o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotlar tiklangan;

◾️ 9 may kuni G‘alaba paradi bo‘lib o‘tadi;

◾️ Maxsus operasiya hududidagi hozirgi vaziyat Kiyev uchun 2022 yil mart oyidagi Istanbul muzokaralari davridagidan farq qiladi.

Kiritildi: 17:05 30.04.2025. O'qildi: 899 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!