Bugun 12 sentyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Rossiya oltin sotish bo‘yicha dunyoda birinchi o‘ringa chiqdi

Rossiya oltin sotish bo‘yicha dunyoda birinchi o‘ringa chiqdi

Rossiya Markaziy banki 2026 yilning ikkinchi choragida oltin zaxiralarini 22 tonnaga qisqartirdi. Bu ushbu davrda dunyo markaziy banklari orasidagi eng yirik oltin sotuvi bo‘ldi.

Jahon Oltin Kengashi (WGC) ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya aprel–iyun oylarida 22 tonna oltin sotgan. Birinchi chorakdagi operasiyalarni ham hisobga olganda, 2026 yilning birinchi yarmida mamlakatning sof oltin sotuvi 44 tonnaga yetgan. Bu tendensiya iyul oyida ham davom etdi — Rossiyaning oltin zaxiralari yana 6 tonnaga kamaydi.

Bu paytda aksariyat markaziy banklar, aksincha, oltin zaxiralarini ko‘paytirmoqda. Ikkinchi chorakda ular jami 288,9 tonna oltin xarid qilgan. Bu bir yil avvalgi ko‘rsatkichdan 62 foizga ko‘p va WGC kuzatuvlari tarixida ikkinchi chorak uchun qayd etilgan eng yuqori xarid hajmi hisob oshirdi. Yil boshidan beri o‘sish 82 tonnani tashkil etgan, iyun oxirilanadi.

Ikkinchi chorakda eng ko‘p oltin sotib olgan davlat Polsha bo‘ldi. Mamlakat zaxiralarini 51 tonnaga oshirdi. Yil boshidan beri o‘sish 82 tonnani tashkil etgan, iyun oxiriga kelib Polsha oltin zaxiralari 632 tonnaga yetgan. Varshava zaxiralarni 700 tonnaga yetkazishni rejalashtirmoqda.

Xitoy esa uch oy davomida 33 tonna oltin xarid qilib, rasmiy zaxiralarini 2346 tonnaga yetkazdi.

Mamlakatlarning yondashuvidagi farq geosiyosiy va iqtisodiy noaniqlik saqlanib qolayotgan bir paytda yanada yaqqol ko‘rinmoqda. Ko‘plab davlatlar uchun oltin zaxiralarni diversifikasiya qilish, valyuta, inflyasiya va geosiyosiy xavflardan himoyalanish vositasi bo‘lib qolmoqda.

WGC so‘roviga ko‘ra, markaziy banklarning 45 foizi kelgusi 12 oy ichida o‘z oltin zaxiralarini yanada oshirishni rejalashtirmoqda.

Iyul oyida dunyo markaziy banklari yana 23 tonna oltin xarid qildi. Xitoy zaxiralarini 20 tonnaga, Polsha 8 tonnaga oshirgan bo‘lsa, Rossiya yana 6 tonna oltin sotdi.

Shu tariqa, Rossiya dunyo markaziy banklari oltinga bo‘lgan talabni oshirayotgan bir paytda o‘z zaxiralaridagi oltin ulushini qisqartirishda davom etmoqda.

Kiritildi: 21:52 10.09.2026. O'qildi: 778 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!