Bugun 12 sentyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Neft narxi $108 dan oshdi: Yaqin Sharqdagi keskinlik bozorni "silkitdi"

Neft narxi $108 dan oshdi: Yaqin Sharqdagi keskinlik bozorni "silkitdi"

Brent rusumli neft narxi bir barrel uchun $108 dan oshib, so‘nggi to‘rt oydagi eng yuqori ko‘rsatkichga yetdi. Hafta davomida neft taxminan 11 foizga qimmatlashdi.

Narxlarning oshishiga asosiy sabablardan biri AQSh va Eron o‘rtasidagi qarama-qarshilik fonida Ormuz bo‘g‘ozi orqali neft tashishdagi cheklovlar saqlanib qolayotganidir. Juma kuni Brent narxi deyarli $110 gacha ko‘tarilgan.

Shu bilan birga, Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan Yaman husiylari Qizil dengiz sohilidagi Moxa portini egallab, strategik ahamiyatga ega Bab-el-Mandeb bo‘g‘oziga yaqinlashgan.

Bab-el-Mandeb bo‘g‘ozi Qizil dengiz, Sues kanali va Hind okeanini bog‘lovchi muhim dengiz yo‘li hisoblanadi. Husiylarning bu hududdagi mavqei kuchayishi Saudiya neftini eksport qilish va xalqaro kemalar qatnovi uchun qo‘shimcha xavf tug‘dirmoqda.

Vaziyatning uzoq davom etishidan xavotirlangan investorlar energetika inqirozi cho‘zilishi mumkinligidan xavotirda. RBC Capital Markets tahlilchilari vaziyat yanada yomonlashsa, Brent narxi $122 gacha ko‘tarilishi mumkinligini aytmoqda.

Neft narxining oshishi jahon iqtisodiyotida inflyasiya xavfini ham kuchaytirmoqda. Energiya resurslarining qimmatlashishi yirik markaziy banklarni pul-kredit siyosatini yanada qat’iylashtirishga majbur qilishi mumkin. Bu esa aksiyalar va obligasiyalar bozoriga qo‘shimcha bosim o‘tkazadi.

Kiritildi: 20:48 11.09.2026. O'qildi: 779 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!