Bugun 10 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

Rossiya Oliy sudi "Yabloko" partiyasini Davlat dumasi saylovlaridan chetlashtirish bo‘yicha da’voni ko‘rib chiqmoqda

Rossiya Oliy sudi "Yabloko" partiyasini Davlat dumasi saylovlaridan chetlashtirish bo‘yicha da’voni ko‘rib chiqmoqda

​Da’vo arizasida "Rodina" partiyasi vakillari "Yabloko" "VKontakte", "Odnoklassniki", Instagram, Twitter va Telegram'da, shu jumladan bloklangan ijtimoiy tarmoqlarda targ‘ibot olib borgani hamda materiallarni joylashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yganini ta’kidlagan.

​Shuningdek, partiya LGBT targ‘iboti, mualliflik huquqlarini va saylov ro‘yxatini tuzish qoidalarini buzishda ayblandi. Partiya a’zolaridan biriga esa Rossiyaning hududiy yaxlitligini buzishga chaqiriqlar aybi qo‘yilmoqda.

​Majlis davomida "Rodina" vakili "Yabloko" tomonidan mualliflik huquqlari buzilganini isbotlovchi skrinshotlarni hammaga namoyish etishni so‘radi.

Partiya, jumladan, Viktoriya Bonyaning fotosuratini muallifning ruxsatisiz ishlatganlikda ayblandi.

Kiritildi: Bugun 14:23. O'qildi: 404 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!