Rossiya Mudofaa vazirligi Odessa portidagi harbiy mol-mulk ortilgan konteyner tashuvchi kemaga "Iskander" guruhli raketa zarbasini bergani haqida ma’lum qildi.
Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, kemada harbiy yuklar, jumladan, ekipajsiz qayiqlar, dronlar va o‘q-dorilar joylashtirilgan 100 ga yaqin konteyner bo‘lgan.
"Ushbu nishonlarga berilgan zarba natijasida bandargohga tushirilgan o‘q-dorilar va konteynerlarning ikkilamchi portlashi hamda kuchli yong‘in yuz berdi," - deya ta’kidlandi Rossiya Federasiyasi Mudofaa vazirligi xabarnomasida.