Finlyandiyadan 160 km uzoqlikda, Petrozavodsk shahrida ruslar bir necha yil ichida o‘n minglab harbiy xizmatchilarni boshqarishi kerak bo‘lgan yangi armiya qo‘mondonligini yaratish uchun bazalarni kengaytirmoqda. G‘arb razvedkasi bu kuchlar NATO bilan urushga tayyorlanmoqda, deb hisoblaydi.
Rossiya allaqachon harbiylar uchun yangi omborlar va uy-joylar qurmoqda, Estoniya, Finlyandiya va Norvegiya bilan chegarada yangi temir yo‘l yotqizmoqda va mintaqadagi mavjud temir yo‘l liniyalarini kengaytirmoqda.