"Adolatli Rossiya" partiyasi raisi Sergey Mironov migrant ishchilar uchun deportasiya depozitini joriy etishni taklif qildi, ular bu depozitni chegaradan o‘tishda to‘laydilar. Deputatning fikricha, bu soliq to‘lovchilarning pullarini tejashga yordam beradi.
Bu haqda "Gazeta.ru" sayti xabar berdi.
Ichki ishlar vazirligining Migrasiya xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, yil boshidan beri Rossiya Federasiyasidan 100 mingdan ortiq chet el fuqarosi deportasiya qilingan, bu vaqt ichida deportasiya darajasi 2,6 baravar oshgan.
"Adolatli Rossiya" yetakchisining aniqlik kiritishicha, bunday depozit chet elliklar tomonidan chegaradan o‘tishda maxsus hisob raqamiga to‘lanadi, bu mablag‘lar deportasiya qilingan taqdirda xarajatlarni qoplash uchun ishlatiladi. Agar migrant o‘z ixtiyori bilan ketsa, pul chiqib ketgandan keyin qaytariladi.