Bugun 25 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

Rossiya Mehnat vazirligi chet ellik ishchilarni yollash uchun kvotani 1,5 barobarga oshirishni taklif qildi

Rossiya Mehnat vazirligi chet ellik ishchilarni yollash uchun kvotani 1,5 barobarga oshirishni taklif qildi

2025 yilda viza bilan keluvchi malakali xorijiy ishchilarni jalb qilish kvotasi 234,9 ming kishini tashkil etadi, bu 2024 yilga (155,9 ming) nisbatan 50 foizga ko‘pdir.

O‘sish hududlarda kadrlar yetishmasligi va chetdan olib kelingan texnikaga texnik xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq.
Chet ellik mutaxassislar yirik loyihalar ustida ishlaydi, deb xabar berdi RBK

Eng katta ehtiyoj yirik sanoat korxonalarida (74 ming kvota) va qurilish ishlarida (43 ming kvota) ishchilarga kutilmoqda. Mutaxassislar asosan Osiyo, Afrika va Yevropadan jalb etiladi.

hh.ru eksperti Natalya Daninaning ta’kidlashicha, kvotalar kadrlar etishmasligini qisman qoplashi mumkin. Biroq, ma’lumotlarga ko‘ra, kvotalarning atigi 60 foizi amalga oshirilgan, chunki ularning ma’qullanishi vizalar avtomatik ravishda berilishini kafolatlamaydi.

Kiritildi: Bugun 15:59. O'qildi: 456 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!