Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Rossiya Markaziy bankining qariyb 210 milliard yevrolik aktivlari cheklanmagan muddatga muzlatiladi

Rossiya Markaziy bankining qariyb 210 milliard yevrolik aktivlari cheklanmagan muddatga muzlatiladi

EI Yevropada saqlanayotgan Rossiya Markaziy bankining qariyb 210 milliard yevrolik aktivlarini cheklanmagan muddatga muzlatishni rejalashtirmoqda — Reuters.

"Bu qaror Rossiya aktivlarini muzlatishni har olti oyda bir marta uzaytirish zaruratini bartaraf etadi. Shuningdek, kelajakda Vengriya yoki Slovakiya kabi davlatlarning bu jarayonga to‘sqinlik qiilishi xavfni yo‘qotadi", deya xabar bermoqda nashr.

Reuters'ning yozishicha, aktivlar “Evroittifoqning iqtisodiy manfaatlariga tahdid saqlanib turgan” davr mobaynida muzlatilgan holda qoladi. Bu esa ulardan Ukrainaga yordam maqsadida foydalanishga yo‘l ochadi.

Kiritildi: 18:15 12.12.2025. O'qildi: 706 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!