Bugun 25 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

Rossiya Markaziy banki asosiy stavkani 21 foizga oshirdi. Bu mutlaq rekorddir

Rossiya Markaziy banki asosiy stavkani 21 foizga oshirdi. Bu mutlaq rekorddir

"Qo‘shimcha budjet xarajatlari va 2024 yilda federal budjet taqchilligining kengayishi pro-inflyasiya ta’siriga ega. Inflyasiyaning maqsadli darajasiga qaytishini ta’minlash va inflyasiya kutilmalarini pasaytirish uchun pul-kredit siyosatini yanada qat’iylashtirish talab etiladi”, — deyiladi Markaziy bank bayonotida.

Rossiya banki 20 dekabrga belgilangan navbatdagi yig‘ilishda asosiy stavkani yanada oshirish to‘g‘risida qaror qabul qilinishini istisno etmaydi.

Avvalgi marta Rossiya banki asosiy stavkani sentyabr oyida oshirgan edi. Keyin u 18 foizdan 19 foizga ko‘tarildi.

Kiritildi: Bugun 18:53. O'qildi: 507 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!