Bugun 18 yanvar, 2025 yil, shanba

КИР

Rossiya Kurskning 63 foizdan ortig‘ini qaytarib oldi

Rossiya Kurskning 63 foizdan ortig‘ini qaytarib oldi

Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berishicha, Rossiyaning g‘arbiy qismidagi Kursk viloyatida Ukraina tomonidan egallab olingan hududning 63,2 foizini Rossiya qo‘shinlari qaytarib olgan.

Shuningdek, yanvar oyining dastlabki ikki haftasida rus qo‘shinlari to‘rtta aholi punktini o‘z nazoratiga qaytarganini qo‘shimcha qildi.

O‘tgan yilning 6 avgustida Ukraina qo‘shinlari kutilmaganda chegarani kesib o‘tib, katta hududni egallab oldi. Bu Kiyevga urushni tugatish bo‘yicha bo‘lishi mumkin bo‘lgan muzokaralarda qimmatli imkoniyat berdi. Hujum dastlab kuchli boshlangan bo‘lsa-da, keyinchalik Moskva Shimoliy Koreya askarlari yordamida bosib olingan hududlarning deyarli yarmini qaytarib olishga erishdi.

Kiyev esa shu oyning boshida mintaqaga ikkinchi marta bostirib kirdi.

Kiritildi: 21:12 17.01.2025. O'qildi: 956 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!