Bugun 27 yanvar, 2026 yil, seshanba

КИР

Rossiya koronavirusni davolovchi dorini eksport qilmoqda

A A A
Rossiya koronavirusni davolovchi dorini eksport qilmoqda

Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalar fondi (RFPI) va “XimRar” kompaniyalar guruhi koronavirusni davolash uchun “Avifavir” preparati eksportini boshladi. Dori vositasi iyun oyida Belarusga jo‘natilgan, yaqin vaqt oralig‘ida Qozog‘istonga yetkazilishi kutilmoqda. Bundan tashqari, dunyoning 50 ga yaqin mamlakatlari qiziqish bildirgan.

“Avifavir” joriy yil 29 mayda Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligidan ro‘yxatdan o‘tgan va u “Favipiravir” faol ta’sir etuvchi moddalarni o‘z ichiga olgan koronavirusga qarshi dunyoda birinchi doriga aylangan.

U koronavirus infeksiyasining oldini olish, tashxis qo‘yish va davolash bo‘yicha uslubiy tavsiyalari ro‘yxatiga kiritilgan. “Avifavir” klinik sinovlarda samarali ekanini isbotlagan va koronavirusning ko‘payish mexanizmini bloklash xususiyatiga ega.

Tabletka shaklida mazkur dori vositasi nisbatan arzon va koronavirus bilan zararlanishning dastlabki bosqichlarida davolash imkonini beradi.

Kiritildi: 13:50 02.07.2020. O'qildi: 5902 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!