Rossiya Kiyevdagi strategik aviazavodga raketa bilan zarba berdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Zarba 24 noyabr kuni berilgan. Videoda dastlab Ukraina havo mudofaasi kuchlarining zenit qurilmasi tovushlari eshitiladi, shundan so‘ng yorqin chaqnashlar paydo bo‘ladi va portlash tovushlari eshitiladi.
Gap “Fuqaro aviasiyasi 410-zavodi” DK haqida bormoqda. U strategik ahamiyatga ega korxona hisoblanadi va 2015 yildan beri “Ukroboronprom” harbiy davlat konserni tarkibiga kiradi.