Rossiyaning Ottavadagi elchisi Oleg Stepanov RIA Novosti’ga bergan intervyusida, munosabatlar «odatdagidek» tiklanishi uchun Kanada Rossiyaga qarshi «gunohlari» uchun tavba qilishi kerakligini aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi sharoitda Moskva va Ottava o‘rtasida hukumatlararo hamkorlik imkonsiz. Biroq, agar Kanada rasmiylari o‘z pozisiyasini qayta ko‘rib chiqsa, Moskva ular bilan muloqotni tiklash masalasini ko‘rib chiqishi mumkin.