13 fevral kuni Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov hukumat lavozimlariga lavozimlarni egallash va ishdan bo‘shatish to‘g‘risida 50 dan ortiq farmon va qarorlarni imzoladi. Bu haqda mahalliy OAV xabar bermoqda.
Bosh vazir o‘rinbosarlari Mammetxon Chakiyev, Bayramgul Orazdurdiyeva va Botir Amanov o‘z lavozimlaridan ozod qilindi. Sabablari aytilmadi. Ularning o‘rnini Turkmaniston dengiz va daryo transporti agentligining sobiq raisi Botir Annayev, Turkmaniston davlat arxitektura va qurilish institutining sobiq rektori Botir Mammedov va Turkmannebit davlat konsernining sobiq raisi Guvanch Agadjanov egalladi.
Bir nechta vazirlik va idoralar rahbarlari ham ishdan bo‘shatildi.
Marat Mammedov nafaqaga chiqishi munosabati bilan Turkmaniston sog‘liqni saqlash va tibbiyot sanoati vaziri lavozimidan ozod qilindi. Bu lavozimni Myratberdi Gaipov egalladi.
Charigeldi Babanyazov atrof-muhitni muhofaza qilish vaziri lavozimidan ozod qilindi. Uning o‘rniga Ovezgeldi Goshjanov tayinlandi.
Begmirat Atayev Turkmaniston oziq-ovqat sanoati davlat assosiasiyasi raisi lavozimidan ozod qilindi. Uning o‘rniga Bayramdurdi Tejenov tayinlandi.
14 fevral kuni prezident farmoni bilan Turkmaniston milliy xavfsizlik vaziri Nazar Atagarayev boshqa lavozimga o‘tgani sababli lavozimidan ozod qilindi. Davlatgeldi Meredov MXX rahbari etib tayinlandi.
Bundan tashqari, Turkmanistonda Avtomobil yo‘llari qurilishini boshqarish davlat agentligi negizida Yo‘llar vazirligi tashkil etildi. Xongeldi Kerimov uning rahbari.
Ashirguli Begliyev nafaqaga chiqishi munosabati bilan Turkmaniston prezidentining neft va gaz masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod qilindi.
Berdimuhamedov shuningdek, Turkmanboshi, Turkmanobod, Mari shaharlari va bir nechta tumanlar hokimlarini (ma’muriyat rahbarlarini) almashtirdi.