Rossiyaning janubiy hududlaridagi aeroportlar, Ukraina droni Janubiy Rossiya Aeronavigasiya binosiga qulaganidan keyin faoliyatini to‘xtatib qo‘ydi, barcha aeroportlar 12 maygacha yopiladi.
Bu haqda Rossiya ommaviy axborot vositalari Federal Havo Transport Agentligi (Rosaviasiya) bayonotiga tayanib xabar bermoqda.
Agentlik shuningdek, buyruq tezroq bekor qilinishi mumkinligini ta’kidladi.
"Rosaviasiya tomonidan ilgari chiqarilgan janubiy ayeroportlarga parvozlarni 12 maygacha to‘xtatib turish to‘g‘risidagi hujjat (NOTAM) muddatni qisqartirish uchun qayta ko‘rib chiqilishi mumkin", deyiladi bayonotda.