Isroil parlamentariylarining bu qadami Moskvada eng salbiy tarzda qabul qilinadi. U Isroil tomonidan “Oslo jarayoni” doirasida o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarga, shuningdek, BMT Bosh Assambleyasi va Xavfsizlik Kengashining tegishli rezolyusiyalariga zid keladi, deyiladi Rossiya TIV bayonotida
Rossiya tomoni Falastin-Isroil o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni yo‘lga qo‘yish va Isroil bilan yonma-yon tinchlik va xavfsizlikda yashaydigan mustaqil Falastin davlatini yaratish – maqsadga muvofiq bo‘lardi deb hisoblaydi.
Moskva, Isroil hukumati qabul qilingan deklarasiyani amalga oshirishga kirishmaydi deb hisoblaydi. Aks holda, bunday harakatlar muqarrar ravishda keskinlikning yanada kuchayishiga va Isroil uchun ham, butun Yaqin Sharq uchun ham oldindan aytish qiyin bo‘lgan oqibatlarga olib keladi, deyiladi rasmiy bayonotda.
23 iyul kuni Isroil Knesseti Isroil suverenitetini Iordan daryosining g‘arbiy sohilidagi hududga kengaytirish to‘g‘risidagi deklarasiyani qabul qilgan edi.