Bugun 9 sentyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Rossiya iqtisodiyoti og‘ir ahvolda

Rossiya iqtisodiyoti og‘ir ahvolda

Rossiya byudjeti rejalashtirilganidan ko‘ra yuqoriroq taqchillik bilan bajarilishi mumkin. YAIM (Yalpi ichki mahsulot) o‘sishi bo‘yicha pastroq kutilmalar sababli byudjet daromadlari bazasi qisqaradi, bu esa o‘z navbatida resurslarni safardor qilishni talab qilishi mumkin.

«Interfaks» nashrining yozishicha, Rossiya federal byudjeti 2025 yil yakuniga ko‘ra hozirda rejalashtirilgan YAIMning 1,7 foizidan biroz yuqoriroq taqchillik bilan bajarilishi mumkin. Bu haqda byudjet loyihalarini tayyorlash jarayoni bilan tanish manba jurnalstlarga ma’lum qilgan.

«Defisit bo‘yicha, biz bahorda (joriy yilning - IF) ko‘rib chiqdik, u biroz oshdi — 1,7% YAIM. Balki bundan ham ko‘proq bo‘lishi mumkin. Nazarimda, iqtisodiyot sovuqlashmoqda, o‘sish sur’atlari kutilganidan tezroq pasayapti. Balki u 1,7% dan yuqori bo‘ladi», — dedi u.

Manbaning qayd etishiga ko‘ra, YAIM o‘sishi bo‘yicha pastroq kutilmalar sababli byudjet daromadlari bazasi qisqaradi, bu esa resurslarni safardor qilish zaruratini keltirib chiqaradi.

«Iqtisodiyot sekinlashmoqda. Avvalroq biz o‘sish sur’atini 1,5% deb kutagan bo‘lsak, hozir bu raqam 1,2% ga tushdi. Shuningdek, resurs bazasi ham qisqaradi, shu bois joriy yilida resurslarni safardor qilamiz va keyingi yil byudjetiga shunga qarab tayyorlaymiz», — deya tushuntirdi u.

Rossiya federal byudjeti defisiti 2025 yilning yanvar-iyul oylarida, Moliya vazirligi dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 4,879 trillion rublni yoki YAIMning 2,2 foizini tashkil etdi va yil uchun prognozdan oshib ketdi.

Dastlab, joriy yil uchun byudjet to‘g‘risidagi qonunda 1,173 trillion rubl (YAIMning 0,5%) miqdorida defisit rejalashtirilgan edi. Biroq bahorda kiritilgan tuzatishlarga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 3,792 trillion rublgacha (YAIMning 1,7%) oshirildi.

Kiritildi: 09:04 08.09.2025. O'qildi: 1606 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!