Bugun 26 avgust, 2026 yil, chorshanba

КИР

Rossiya hujumi oqibatida Qora dengizda olti nafar dengizchi halok bo‘ldi, to‘rt kishi bedarak yo‘qolgan

Rossiya hujumi oqibatida Qora dengizda olti nafar dengizchi halok bo‘ldi, to‘rt kishi bedarak yo‘qolgan

Rossiya qo‘shinlari Qora dengizda, Odessa sohillari yaqinida Gvineya-Bisau bayrog‘i ostidagi fuqarolik kemasiga raketa zarbasi berdi. Ukraina Tiklanish, infratuzilma va transport vaziri Nikolay Kalashnikning xabar berishicha, olti nafar dengizchi halok bo‘lgan, yana to‘rt kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.

"Ekipajning 8 nafar a’zosini qutqarishga muvaffaq bo‘lindi. Ulardan ikki nafari tan jarohati olgan. Afsuski, hozirgi vaqtda 6 nafar dengizchining halok bo‘lgani ma’lum, yana 4 kishi bedarak yo‘qolgan", — deydi Kalashnik.

Uning aytishicha, qidiruv-qutqaruv operasiyasi davom etmoqda.

Avvalroq Ukraina harbiy-dengiz kuchlari Rossiya tomonidan Turkiya egalik qiladigan va Gvineya-Bisau bayrog‘i ostidagi "Golden Leo" kemasiga uchta qanotli raketa bilan zarba berilgani haqida xabar bergan edi.

Kalashnikning aniqlik kiritishicha, kema makkajo‘xori ortilgandan so‘ng Ukraina portidan chiqib ketayotgan bo‘lgan. Bortda 18 kishi: Suriya va Hindistonning 17 nafar fuqarosi, shuningdek, ukrainalik losman bo‘lgan. Rossiya rasmiylari va harbiylari kemaga qilingan hujum yuzasidan hozircha izoh bermadi.

Kiritildi: 14:22 20.07.2026. O'qildi: 1266 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!